
RPL. Yo‘ldoshev zaxiradan maydonga tushgan uchrashuvda jamoasi yirik hisobda mag‘lubiyatga uchradi
RPL 2-turidan o‘rin olgan "Ximki" - "Nijniy Novgorod" uchrashuvi yakuniga etdi. Unda mezbonlar 2:0 hisobida raqibdan ustun keldi.
Dastlab, 62-daqiqada Aleksandr Rudenko hisobni ochdi. 80-daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda Reziuan Mirzov oradagi farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi. 89-daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda Aleksandr Dolgov hisobni yirik ko‘rinishga keltirib qo‘ydi.
Qayd etish lozim, legionerimiz Ibrohimhalil Yo‘ldoshev bellashuvning 74-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi. Ayni vaqtda 2 turdan so‘ng uning jamoasi hisobida 1 ochko mavjud.
Fikrlar