
RPL. "Ufa" so‘nggi daqiqalarda mag‘lubiyatdan qutilib qoldi, O‘runov esa...
RPL 27-turidan o‘rin olgan "Ximki" - "Ufa" uchrashuvi yakuniga etdi. Unda jamoalar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Dastlab, 31-daqiqada mezbonlar futbolchisi Kuxarchuk hisobni ochdi. Bellashuvning asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan daqiqalarda Agalarov muvozanatni tikladi.
Ayni vaqtda "Ximki" 29 ochko bilan o‘n birinchi, "Ufa" esa 23 ochko bilan o‘n beshinchi o‘rinni band etib turibdi. Ushbu o‘yinda legioneriiz Oston O‘runov to‘liq harakat qildi va bahs so‘nggiga yaqin sariq kartochka ishlab oldi.
Fikrlar