
RPL. TsSKA o‘z maydonida "Rostov"ga imkoniyatni boy berdi
TsSKA o‘z maydonida "Rostov"ga qarshi bahs olib bordi. Mazkur bahsda mehmonlar 1:2 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Dastlab, 4-daqiqada maydon egalari himoyachisi Kelven hisobni ochdi. "Rostov" tarkibida zaxiradan maydonga tushgan Egor Goleenkov 77-89-daqiqalarda gol kiritib, dubl qayd etdi.
Hamyurtimiz Abbosbek Fayzullaev bellashuvda to‘liq maydonda harakat qildi.
Shu tariqa, TsSKA 27 ochko bilan jadvalda 6-o‘rinda qolmoqda. "Rostov" esa 20 ochko to‘plagan holda 8-pog‘onada bormoqda.
Fikrlar