RPL. "Spartak" safarda "Zenit"ga yutqazdi, Oston O‘runov esa...

  • 17 dekabr, 2020, 00:29
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Rossiya premer-ligasining 19-turi doirasida “Spartak” amaldagi chempion “Zenit” maydoniga safar qildi.

Tecno

Sankt-Peterburgda kechgan o‘yin gollarga boy bo‘ldi. Yakunda maydon egalari 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Piterliklarga g‘alaba keltirgan gollarni Sardor Azmun (8'), Yaroslav Rakitskiy (73') va Artyom Dzyuba (90') kiritdi. E’tiborlisi, “Spartak” hisobiga yozilgan yagona golni ham “Zenit” himoyachisi Deyan Lovren o‘z darvozasiga kiritib yubordi.

Moskvaliklar safidagi hamyurtimiz Oston O‘runov afsuski, bugun ham zaxirada qoldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!