
RPL. Shomurodovsiz o‘ynagan "Rostov" Samarada gol ura olmadi va ochko yo‘qotdi
Hozirgina Rossiya premer-ligasining 26-turidan o‘rin olgan “Krilya Sovetov” hamda “Rostov” jamoalari bahsi o‘z yakuniga etdi.
Samara shahridagi “Cosmos Arena”da kechgan uchrashuv 0:0 hisobida nursiz durang bilan yakunlandi.
Aytish kerakki, “Rostov” safidagi hamyurtimiz Eldor Shomurodov ushbu bellashuvni diskvalifikatsiya sabab o‘tkazib yubordi.
Fikrlar