
RPL. "Rubin" "Krasnodar"ga kichik hisobda imkoniyatni boy berdi. Ashurmatov esa zaxirada qoldirildi
Rossiya Premer-ligasining navbatdagi turida "Rubin" safarda "Krasnodar" bilan bahs olib borib, 2:1 hisobida mag‘lubiyat ta’mini totib ko‘rdi.
Uchrashuvning 5-daqiqasida penaltidan Eduard hisobni ochgan bo‘lsa, oradan 35 daqiqa o‘tib Vitor Tormena hisobni ishonchli ko‘rinishga keltirdi. Bellashuvning 83-daqiqasida esa Ilya hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi (2:1).
Milliy terma jamoamiz himoyachisi Rustam Ashurmatov esa zaxira o‘rindig‘ida qoldi.
- Russia - Premier Liga
- Joriy Mavsum

Krasnodar
- E. Spertsyan 5'
- Vítor Tormena 40'

Rubin Kazan
- Ilya Rozhkov 83'
Fikrlar