RPL. "Nijniy Novgorod" safarda g‘alaba qozondi. Ibrohimhalil Yo‘ldoshev 70 daqiqa harakat qildi

  • 11 sentabr, 2022, 03:18
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya Premer ligasi 9-turi doirasidagi "Axmat" — "Nijniy Novgorod" uchrashuvi yakunlandi. Qiziqarli va keskin kurashlarga boy bo‘lgan bellashuvda mehmonlar 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. 

"Nijniy"ning gollariga Timur Suleymanov (dubl) va  Kirill Gotsuk mualliflik qilgan bo‘lsa, maydon egalarining yagona goli Yuriy Juravlev nomiga yozildi. Mazkur g‘alabadan keyin "Nijniy Novgorod" hisobidagi ochkolar soni 12 taga etdi va turnir jadvalining 8-pog‘onasiga ko‘tarilib oldi. "Axmat" esa 11 ochko bilan 9-o‘rinni band etgan.

Tecno

Shuni ham ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Ibrohimhalil Yo‘ldoshev bellashuvni asosiy tarkibda boshladi va 70-daqiqada zaxiraga olindi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!