
RPL. Ikkita qizil kartochka ko‘rsatilgan o‘yinda "Nijniy Novgorod" g‘alaba qozondi, Ibrohimhalil Yo‘ldoshev esa..
Rossiya premer-ligasi 19-turidan o‘rin olgan "Nijniy Novgorod" - "Ural" uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur bahsda mezbonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Kalinskiy tomonidan 78-daqiqada penaltidan urilgan gol amalda o‘yin taqdirini hal qildi. Bundan tashqari, mehmon jamoa tarkibida Kolesnichenko (55-daqiqa) va Goglichidze (77-daqiqa) qizil kartochka olib, maydonni tark etgan.
Eslatib o‘tamiz, hamyurtimiz Ibrohimhalil Yo‘ldoshev 18-daqiqada Kozlov o‘rniga zaxiraga tushdi.
Fikrlar