Ro‘ziqul Berdiev va Ulug‘bek Baqoevlar "Pro" diplomi uchun OFK xalqaro o‘quv-kurslarida ishtirok etishmoqda

  • 3 iyul, 2019, 10:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi yurtimizdagi futbol murabbiylarining malakasini oshirish va murabbiylikni rivojlantirish borasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirib kelmoqda. O‘FA bayrog‘i ostida murabbiylarning malakasini oshirish bo‘yicha muntazam seminar va o‘quv kurslari tashkil etilmoqda. 
 
O‘quv jarayonlari "Chig‘atoy" sport bazasida olib borilmoqda. O‘quv kurslarini quvaytlik FIFA va OFK instruktori Badr Ahmad olib bormoqda. Unga Islom Ahmedov yordam bermoqda. Kurs menejeri Shovkat Imamov. 
 
Qayd etish joiz, mazkur o‘quv-kurslarida 21 nafar murabbiy tahsil olmoqda. Ular qatorida Ro‘ziqul Berdiev, Ulug‘bek Baqoev, Jafar Irismetov, No‘’mon Hasanov, Jasur Abduraimov, Hamid Aktamov kabi taniqli mutaxassislar ham bor. 
 
Beshinchi modul joriy yilning 12 iyul sanasiga qadar davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shuhrat 1979
03/07/2019 10:55
Биздан хам жахон микёсидаги мураббийлар чикади деган ниятдамиз, худо хохласа.