
Ro‘ziqul Berdiev "Nasaf" chempionlik kurashidan chiqqan o‘yin haqida nimalar dedi?
Coca Cola Superligasi 23-turidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" — "Nasaf"(3:1) uchrashuvidan so‘ng, mehmonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev bellashuv haqida fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Raqib haqli g‘alaba erishdi, deb o‘ylayman. Mezbonlar o‘z futbolini o‘ynadi. Standart vaziyatlar hamda qarshi hujumdan unumli foydalanishdi va bizni haqli ravishda mag‘lubiyatga uchratishdi. Albatta, biz o‘z o‘yinimizni ko‘rsata olmaganimizning bir nechta sabablari bor. Bu bahonadek tuyulishi mumkin, lekin biz g‘alabaga mos o‘yin ko‘rsatmadik".
Ko‘pchilik futbol atrofidagilar o‘zbek futbolini kuz-bahor tizimiga o‘tishi kerakligi haqida fikr bildirmoqda. Mana oxirgi yillarda noyabr oyi sovuq kelyapti. Bu futbolchilarga xalal bermaydimi?
Biz bu haqida qachonlardir taklif kiritgandik. Ushbu mavsumda shu tizimga o‘tsak bo‘lardi. Bu yaxshi echim bo‘lardi, deb o‘ylayman. Chunki bu mavsumda ko‘p tanaffus va uzilishlar bo‘ldi. Bilamizki ko‘p davlatlar kuz-bahor tizimida o‘ynaydi. Bu juda ma’qul yo‘l. Bu tizimga o‘tsak futbolchilar ham yozning jazirama issig‘ida futbol o‘ynamas edi. Shaxsan men bu taklifni ma’qullayman.
Fikrlar