Ro‘ziqul Berdiev: Hakam meni maydondan chetlatib to‘g‘ri qildi

  • 26 oktabr, 2020, 19:33
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Coca Cola Superligasi 21-turidan o‘rin olgan "Metallurg" - "Nasaf" uchrashuvi mehmonlarning 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabasi bilan yakunlandi. O‘yindan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida "ajdarlar" ustozi Ro‘ziqul Berdiev o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

Tecno

"Kuchli raqib maydonida g‘alaba qozonish, albatta, yoqimli. Biz maydonda tom ma’noda kurash olib bordik. "Metallurg" juda yaxshi shakllangan jamoa va uzun paslar orqali qarshi hujumlarda harakat qiladi. Biz shunga tayyorgarlik ko‘rgandik. Himoyada yaxshi harakat qildik va raqibga golli vaziyatlar yaratish imkonini bermadik. O‘z imkoniyatimizni kutib, undan foydalanishga erishdik. "Metallurg" qolgan jamoalardan farqli ravishda jismonan juda yaxshi tayyorlanganini bilardik. Biz ham shunga yarasha jiddiy shug‘ullandik. 

Abdixoliqovning maydonga asosiy tarkibda tushmagani toliqish bilan bog‘liq holat. U doimiy tarzda asosiy tarkibda harakat qilib keldi. 

Rahmatullaevning asosiy tarkibdan joy olayotganini raqobatni boy berishga bog‘lamagan bo‘lardim. Mozgovoy bilan almashib o‘ynamoqda. Bugungi bahsda ham Akmalga imkoniyat berishga qaror qilgandim. Dilshodning biz bilan ekanligidan xursandmiz. Mozgovoyning jarohati haqida to‘liq ma’lumotni keyinroq bilib olishimiz mumkin bo‘ladi. 

Hakam menga nisbatan to‘g‘ri qaror qabul qildi. Murabbiylik etikasiga nomunosib harakatlarni amalga oshirdim. Ko‘riladigan choralarga e’tirozim yo‘q. Bo‘lib o‘tgan voqea uchun uzr so‘rashga tayyorman", - dedi Berdiev. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!