Ro‘ziqul Berdiev: Biz "Paxtakor"ga futbolchi etishtirib bermaymiz

  • 7 dekabr, 2020, 16:02
  • 7
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Coca Cola Kubogi nimchorak finalining dastlabki uchrashuvi "Andijon" va "Nasaf" jamoalari o‘rtasida kechdi va unda mehmonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yindan keyingi matbuot anjumanida qarshiliklar ustozi Ro‘ziqul Berdiev quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi. 

Tecno

"Asosiy maqsadimiz keyingi bosqichga chiqish edi. Bunga erishdik, ammo osonlikcha emas. "Andijon" bugun har doimgidan yaxshiroq o‘ynaganini ta’kidlab o‘tish lozim. Balki, o‘zimiz ham bunga sharoit yaratib bergandirmiz. 

Kurashlarga boy o‘yin bo‘ldi. Uzun paslar bilan o‘ynashga harakat qildik. Boisi, kecha mashg‘ulot o‘tkazganimizda maydon holati yomon ahvolda ekanini ko‘rgan edik. Ko‘p vaziyatlar yarata olmadik, birgina vaziyat o‘yin taqdirini hal qilish uchun etarli bo‘ldi. 

Jadvalning quyi qismidan o‘rin olgan jamoalar bilan o‘yinlarda qiyinchilikka uchramoqdamiz. "Buxoro" bilan o‘yinlarda ham 4 ochko yo‘qotdik. Bu balki, ruhiyat bilan bog‘liqdir. 

Biz hech qachon "Paxtakor" uchun ishlamaganmiz. Biz ularga futbolchi etishtirib bermaymiz. Rahbariyatdan ham jamoa o‘zagini saqlab qolishni so‘ramoqdamiz", - dedi Berdiev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
07/12/2020 16:43
Shunday poliya uynap berganlariz kuksimiz qulimizga. Rahmat lekin. Agar chempionat bulsa bunday poliya borib uynap kelgandan kura. bormasdan. 3 achkodan vos kechkan yahshi. UFA. agar poliya talapka javob bermasa. Raqib jamoa maydoniga uyin buladi devdiki. Andijon adashmasam utkan yili chemi yangilanuvdiki. qarang Namangan Navbahor poliaysi qanday cheroyli turibti. Navbahor Nasafdan sotib oluvdi chemni. boshqa kamandalar ham. balkim Nasafdan olgani yahshider. masalan Bunyotkor. milliy stadiyin ahvoli ham yomon.
&
нодирбек.фк насаф
07/12/2020 16:20
Хакконий уйин булса Насаф чемпион
Дилшод Даврлнов
07/12/2020 16:15
Пахта орканга тахта
&
Admiral_uz
07/12/2020 20:14
Paxtakor Nasafni majburlab sottiryaptimi, futbolchilar va klub xoxlar aytgan pulini olgandan keyin Paxtakor sotib olyapti, qolaversa nafaqat futbol balki boshqa soha vakillarini ham Toshkentga taklif qilsa kim yo'q ben bormayman deydi, afsuski bizda barcha narsaning eng yaxshisi Toshkentda, biz xoxlardik Samarqand, Buxoro va Xorazmda 30-40 minglik stadionlari bo'lib, klublari ham kuchli bo'lsa shunda chet elga o'tadigan ko'prik faqat Toshkentda bo'lmaydi, aslida hammangiz ham bilasiz Paxtakorni darajasi qandayligini lekin hazm qilishga qiynalasiz, men ham bir vaqtlar Bunyodkor kuchayib ketganida, Paxtakorni o'yinchilarini sotib olganida buni hazm qilishga qiynalardim, ammo o'shanda Bunyodkorga o'tmayman degan bizning Odil, Geynrix kabi futbolchilarimiz bor edi, shular bizga dalda bo'lgan va kelajakka ishonganmiz, ma'lumot uchun men Toshkentlik emasman lekin Paxtakorni muhlisiman
&
Zulfiqarov Husanboy
07/12/2020 17:26
Eslab ko'relikchi eng yaxshi natija bu 94 yildagi chempionlik. O'sha paytda chempionatimizda NEFTCHI, NAVBAHOR, paxtakor, klublari teng kuchlik jamoalar edi, natija ham shunga yarasha bolgan. Klublarimiznu ham osiyoda orni bor edi. Endichi oradan 26 yil o'tdi nima o'zgardi oldinga yurdikmi yo orqagami? Chempionatimizda (agar shunde atash mumkin bolsa) faqat toshkent jamoalarii chempion boladi oxirgi marta qachon viloyat jomalari chempion bolishgan aytinglarchi. Nima uchun biz Angliya, Ispaniya, Italiya, chempinatlarinu ko'ramiz bilasizlarmi? Misol uchun Angliya poxtaxti Londin lekin qachon poytaxt klublari chempion bolgan oxirgi marta? Italiya poxtaxti Rim lekin Yuventus chempion, Ispaniya poytaxti Madrid lekin tan olish kerak poytaxt jamoalari Kataloniyaga kelishdan qorqadi. Va nihoyat O'zbekiston poytaxti Toshkent chempion ham faqat shu joy klublari nima uchun deysizmi chunki hamma narsa toshkentda osiyoda o'rni qolmasayam toshkent jamoalari chiqishi kerak PFL bitta klubga yopishib qolgan
&
Zulfiqarov Husanboy
07/12/2020 17:05
Aslida hamma ayb UFA va PFL da. Agar bir jamoa boshqa bir jamoadan faqatgina bitta fudbolchi sotib olish mumkin bolganida (faqat ichki chepionat jamoalaridan, proliga bundan mustasno) hamma klublar oz akademiyalariga yaxshigina axamtiyat qaratgan bolardi chempionatimizda teng kuchlik klublar ko'paygan bolardi. Qolaversa Milliy terma jomamizni ozagini ham bitta jamoa fudbolchilari tashkil qilmasdi va Arablarni 2:0 ga yutayotib 3 ta gol o'tkazmasdik, J. Koreyani qachon Eronga gol urarkin deb kutmasdik. paxtakoram faqat Uzbda chempion bolormasdan OCHL da finalga chiqardi. Biz fudbolni rivojlantirayotgan bolsak qani natija qani?
&
нодирбек.фк насаф
07/12/2020 16:20
Хакконий уйин булса Насаф чемпион