
"Rostov" futbolchisi terma jamoadagi faoliyatini yakunladi
Bolgariya terma jamoasi va "Rostov" klubi yarim himoyachisi Ivelin Popov terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.
Evro-2020 saralash bosqichidagi Chexiya (1:0) ga qarshi uchrashuv Popov uchun so‘nggisi bo‘ldi.
"Bu men uchun terma jamoadagi 90-bellashuv bo‘ldi. Bolgariya uchun 12 yildan buyon o‘ynamoqdaman. Biz Evro-2020 yo‘llanmasiga ega bo‘la olmadik va tushundimki, avlodlar almashinuvi amalga oshishi kerak.
Men 32 yoshdaman va "Rostov" uchun borimni berib, o‘ynashga harakat qilaman.
Terma jamoada 8 ta murabbiy qo‘l ostida sardor bo‘ldim. O‘zim-o‘zimga vaqt kelganligini aytgandim va bu qarorga kelish qiyin bo‘ldi.
Endi men terma jamoaning eng ashaddiy muxlisi bo‘laman," - dedi Popov.
Fikrlar