
Rossiyaning CAFA chempionatida ishtirok etishi aniq emas
Agar Milliy terma jamoa Markaziy Osiyo assotsiatsiyasi (CAFA) chempionatida ishtirok etsa, Rossiya kubogi final uchrashuvi boshqa sanaga ko‘chirilmaydi.
Bu haqda Rossiya futbol ittifoqi prezidenti Aleksandr Dyukov ma’lum qildi.
"Milliy terma jamoaning ishtiroki bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinmadi, biz buni aprel oyida qabul qilamiz.
Final shu sanada bo‘lib o‘tadi, hech qanday kechiktirish bo‘lmaydi”, — dedi Dyukov.
Rossiya kubogi finali 11 iyun kuni Lujnikida bo‘lib o‘tadi. CAFA chempionati 9-21 iyun kunlari Toshkent va Bishkek shaharlarida o‘tkaziladi. Unda futbol assotsiatsiyasining barcha olti a’zosi — Tojikiston, Eron, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Afg‘oniston milliy terma jamoalari ishtirok etadi. Bundan avvalroq OAVda Rossiya ham ushbu turnirda qatnashishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar