
Rossiyalik engil atletikachi ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Rossiyalik balandlikka sakrovchi Lyudmila Eremina antidoping qoidalarini buzgani uchun ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi. Bu haqda RUSADA rasmiy sayti ma’lum qildi.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, Ereminaning sinamasida taqiqlangan klomifen moddasi topilgan. Diskvalifikatsiya muddati boshlangan vaqtidan buyon sportchining barcha sport natijalari bekor qilindi.
Fikrlar