Rossiyada 4 ta medal oldik

BEPUL PROPAN

Rossiyada yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro turnirda o‘zbekistonlik bokschilar 4 ta medalga sazovor bo‘ldi.

Mamlakatimiz yoshlar terma jamoasining 7 nafar vakili 6 ta vazn toifasida jang olib borgan turnirda bokschilarimiz Rossiya, Qozog‘iston, Armaniston, Belarus kabi bir qator davlat vakillari bilan jang olib bordi.

Shiddatli kechgan bahslar sarhisobiga ko‘ra, Sherzod Parpiev va Xurshid Tursunov murabbiyligidagi bokschilarimiz yakunda 1 tadan oltin va kumush, 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Terma jamoamiz a’zolaridan Suxrob Rahmatullaev -67 kilogramm vaznda oltin, Behruz Vafoev -75 kilogrammda kumush, Abdurahmon Mahmudjonov -54 kilogrammda va Farhod Ismoilov -63,5 kilogrammda bronza medallariga musharraf bo‘lishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!