Rossiya terma jamoasi ustozi: "Oston O‘runov - iqtidorli futbolchi, lekin..."

  • 24 iyun, 2022, 11:41
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hamyurtimiz Oston O‘runov atrofidagi voqealar ko‘pchilikning e’tiborida bo‘lib turibdi. Afsuski, uning “Ufa”dagi faoliyati yaxshi chiqmadi. Klubi quyi divizionga tushib ketdi. O‘zi huquqiy jihatdan tegishli bo‘lgan “Spartak”ka qaytdi-yu, biroq endi O‘runov “qizil-oqlar”ga ham kerak bo‘lmay qoldi. Har qalay oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, Oston boshqa klubda to‘p suradi.

Tecno

Rossiya terma jamoasi hamda “Rostov” klubi bosh murabbiyi Valeriy Karpin Sports.uz caytiga bergan intervyusida O‘runov haqida ham qisqacha to‘xtalib o‘tdi.

“Oston O‘runov – iqtidorli futbolchi. Uni yaxshi bilaman. Lekin “Spartak”da O‘runovga oson bo‘lmayapti. Hammasi bir tekis kelayotgan paytda bu klubga ko‘chib o‘tishi uni yo‘ldan chiqarib yubordi", - deydi Valeriy Georgievich.

Ayni chog‘da futbolchimizning oldida qator takliflar bor. Bu safar o‘zi uchun eng to‘g‘ri tanlovni amalga oshirishidan umidvormiz.

"Shomurodov yaxshi o‘yin ko‘rsatsa, darhol uning raqamini teraman, O‘zbekiston bilan o‘yin? Bu taklifga ko‘ngan bo‘lardim". Valeriy Karpin SPORTS.UZ saytiga bergan intervyusida yana nimalarni aytdi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!