Rossiya terma jamoasi javob o‘yinini o‘tkazish uchun Iroqqa borishi mumkin

  • 26 mart, 2023, 13:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Iroq terma jamoasi matbuot kotibi Muhammad Imad Rossiya terma jamoasiga qarshi javob uchrashuvi o‘tkazilishi mumkinligi haqida gapirdi.

Tecno

“Ehtimol, Rossiya terma jamoasi javob o‘yinini o‘tkazish uchun Iroqqa borar. Bizning federatsiyalarimiz o‘zaro do‘stona munosabatda. Tomonlar kelishsa, bizning davlatimizga kelishingizga umid qilamiz!” – deya uning nutqidan iqtibos keltiradi RB Sport.

Eslatib o‘tamiz, Valeriy Karpin jamoasi bugun Sankt-Peterburg shahrida Iroq terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanadi.

Bungacha Rossiya terma jamoasi Tehronda Eron bilan durang o‘ynagandi (1:1).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!