Rossiya terma jamoasi forvardi Ronalduning agenti bilan hamkorlik qilmoqda

  • 30 may, 2019, 16:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Sankt-Peterburgning "Zenit" klubi forvardi Artyom Dzyuba faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirmoqchi.

Tecno

Rus nashrlari tarqatgan xabarga ko‘ra 30 yoshli futbolchi APL klubiga ko‘chib o‘tish maqsadida mashhur futbol agenti Jorje Mendesh bilan hamkorlikni boshlagan. Qayd etish loximki, portugaliyalik futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu ham aynan Mendeshning mijozi hisoblanadi.

Agent allaqachon Dzyubaning orzusi yo‘lida unga tumanli albiondan jamoa qidirishni boshlab yuborgan. Agar ushbu transfer amalga oshsa, u yaxshigina xizmat haqqi oladi, aks holda esa hech narsa.

Ma’lumot uchun, Dzyuba joriy mavsum “Zenit” safija jami 37ta o‘yinda maydonga tushdi va 13ta gol hamda 17ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!