Rossiya terma jamoasi Birlashgan Arab Amirliklariga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi mumkin

  • 21 aprel, 2023, 14:24
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya terma jamoasi kelajakda BAA terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi mumkin. Bu haqda Birlashgan Arab Amirliklari futbol federatsiyasi xabar berdi.

Tecno

"BAA futbol federatsiyasi RFU bilan 18 yoshgacha bo‘lgan terma jamoalar o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yinlari bo‘yicha kelishib oldi. Balki may oyidan so‘ng asosiy jamoalar o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yinlari tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib borilishi mumkin".

Eslatib o‘tamiz, Rossiya terma jamoasi FIFA va UEFA tomonidan qo‘yilgan taqiq tufayli xalqaro turnirlarda qatnasha olmaydi. O‘tgan oy oxirida Valeriy Karpin shogirdlari Eron (1:1) va Iroq (2:0) terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!