
Ronaldusiz "Yuventus" ketma-ket ikkinchi o‘yinda mag‘lub bo‘ldi
Italiya A Seriyasi 3-turidan o‘rin olgan "Napoli" - "Yuventus" uchrashuvi o‘z yakuniga etdi. Qiziqarli kechgan bahsda turinliklar raqibga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
O‘yinning 10-daqiqasida himoyachilarning xatosidan so‘ng Morata hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limning 57-daqiqasi o‘tib borayotgan bir paytda Politano muvozanatni tikladi. O‘yin yakuniga yaqin zaxiradan maydonga tushgan Moyze Kin avtogolga sababchi bo‘lib, raqib jamoani hisobda oldinga olib chiqdi.
Shunday qilib, turinliklar ilk 3-turda bir ochko to‘plab, A Seriya turnir jadvalida 16-o‘rindan joy oldi. "Napoli" esa uch o‘yinda 100 foizlik natija bilan karvonboshilik qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, "keksa senora" o‘tgan turda ham "Empoli"ga minimal hisobda mag‘lub bo‘lgan edi.
Fikrlar