Ronalduning sobiq agentiga qo‘ygan "ultimatum"i ma’lum bo‘ldi

  • 24 yanvar, 2023, 18:50
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Krishtianu Ronalduning "An-Nasr"ga o‘tishi uning taniqli agenti Xorxe Mendesh ishtirokisiz o‘tdi. Avvalroq, OAVda ikki portugaliyalik o‘rtasidagi kelishmovchilik haqida xabarlar paydo bo‘lgandi. "El Mundo Deportivo" nashri sahifalarida vaziyat tafsilotlari tasvirlangan material e’lon qilindi.

Tecno

Manbaga ko‘ra, Krishtianu Evropaning ikki gigantidan biriga o‘tishni istab, Mendeshga shart qo‘ygan.
"Siz meni "Chelsi" yoki "Bavariya"ga o‘tishimni ta’minlaysiz, yoki ikkimiz ortiq hamkorlik qilmaymiz", - deya 37 yoshli hujumchining gaplarni keltiradi yuqoridagi nashr.

Qayd etilishicha, bunga javoban portugaliyalik agent Ronalduni "aqldan ozgan" deb atagan.
Eslatib o‘tamiz, "An-Nasr" bilan muzokaralarni Krishtianu Ronalduning menejeri Rikardo Regufe olib bordi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!