
Ronalduning jamoasiga yangi bosh murabbiy kelishi mumkin
"An-Nasr" Italiya terma jamoasi sobiq murabbiyi Luchano Spalettini klub boshqaruviga olib kelishi mumkin.
La Gazzetta dello Sport nashrining bergan ma’lumotlariga ko‘ra, Saudiya klubi yaqin soatlar ichida Spalletiga taklif jo‘natmoqchi. Italiyalik mutaxassis uchun yiliga 12 million evrolik taklif qilishni ham reja qilishgan.
Luchano rozi bo‘ladimi yoki Evropaning katta klublaridan taklif kutadimi buni ko‘rish kerak. Lekin "An-Nasr" 66 yoshli mutaxassisni olib kelish uchun hamma narsa qilishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Spaletti 2023 yilning yozidan buyon boshqarib kelayotgan Italiya milliy terma jamoasini tark etgandi. Jamoa murabbiy qo‘l ostida JCh-2026 saralash o‘yinida Norvegiyaga (0:3) mag‘lub bo‘lgandi.
Fikrlar