Ronalduni "Bavariya"da ko‘rishimiz mumkin!

  • 20 may, 2023, 17:22
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Nemis tadbirkori Markus Shon "Bavariya" bosh direktori Oliver Kanga elektron pochta orqali xat yubordi. Shon Myunxen klubiga Krishtianu Ronalduni sotib olishni taklif qildi va kelishuvni moliyalashtirishda ishtirok etishga tayyorligini bildirdi. Shu bilan birga, tadbirkor o‘tish davrida Ronaldu futbolkalari sotilganidan foiz so‘ragan. Bularning barchasi haqida "Abendzeitung" o‘z sahifalarida ma’lum qildi.

Tecno

"Goal" portali biznesmenning taklifini g‘alati deb atadi va Ronalduning "Bavariya"ga o‘tishi dargumon. Ilgari portugaliyalik Myunxen klubi bilan bog‘langan, biroq nemis giganti yoshi katta bo‘lsa-da, yulduz futbolchi uchun ortiqcha pul sarflashga tayyor emasligini bildirgan.

38 yoshli Ronaldu ayni damda Saudiya Arabistonining “An-Nasr” klubida o‘ynaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!