Ronaldu va yana 9 ta legioner "Yuve" qarorgohiga chaqirildi

CHERY AUTO

Sky Sport Italia nashrining xabariga ko‘ra, "Yuventus" klubi koronavirus pandemiyasi davrida mamlakatni tark etgan futbolchinlarni Turinga chaqirdi.

Tecno

Klub qarorgohiga Krishtianu Ronaldu, Gonsalo Iguain, Duglas Kosta, Aleks Sandro, Danilo, Voytsex Shchesni, Adrien Rabo, Sami Xedira, Matteys de Ligt va Blez Matyuidi etib kelishi kerak.

Turin jamoasi futbolchilarni Italiyada mashg‘ulotlar boshlangani munosabati bilan chaqirdi.

Legionerlar mamlakatga tashrif buyurgach, 14 kunlik karantindan o‘tishlari lozim bo‘ladi.

Ayrim manbalarning ma’lum qilishicha, Ronaldu ertagayoq Turinga uchib ketadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!