
Ronaldu: "Uyga qaytganimdan xursandman"
Ronaldu Portugaliya terma jamoasining o‘yinlari haqida gapirdi.
Saudiya Arabistonining “An-Nasr” klubi markaziy hujumchisi Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasi joylashgan joyga etib keldi.
"Uyga qaytganimdan xursandman. 2024-yilgi Evropa chempionati saralash bosqichining ikkita o‘yini oldidan maksimal darajada motivatsiya”, — deya xabar qoldirdi 38 yoshli to‘purar ijtimoiy tarmoqlarida.
Portugaliya sentyabrda Evro-2024 saralashi doirasida ikkita o‘yin o‘tkazadi. Roberto Martines shogirdlari Slovakiya va Lyuksemburg terma jamoalari bilan kuch sinashadi. Uchrashuvlar 8 va 11 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar