
Ronaldu Shveytsariya ustidan qozonilgan g‘alaba haqida post qoldirdi
Portugaliya sardori Krishtianu Ronaldu jamoasining Jahon chempionati nimchorak final bosqichi doirasidagi Shveytsariya ustidan qozongan g‘alabasi haqida fikr bildirdi.
"Bu Portugaliya uchun jahon futbolidagi eng yirik turnirdagi tarixiy natija sodir bo‘lgan ajoyib kun bo‘ldi. Iste’dodli yoshlarga to‘la jamoamiz chiroyli o‘yin namoyish etdi, buning uchun ularni tabriklashimiz lozim.
Orzu hamon tirik! Oxirigacha olg‘a, Portugaliya",-deya yozib qoldirdi u "Instagram" sahifasida.
Ma’lumot uchun, portugaliyaliklar 1/8 finalda 6:1 hisobida Shveytsariyani mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi. Endi ularga Marokash terma jamoasi raqiblik qiladi.
Fikrlar