Ronaldu Reshfordni shokka tushirib qo‘ydi

  • 27 sentabr, 2022, 11:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” hujumchisi Markus Reshford tajribali hamkasbi Krishtianu Ronalduning o‘ziga bo‘lgan munosabatidan tom ma’noda shokka tushdi.

Tecno

The Sun nashrining ta’kidlashicha, portugaliyalik yulduz angliyalik futbolchi maydonda uning o‘rnini egallaganini qabul qilgan. Ronaldu Markusni nafaqat maydonda, balki undan tashqarida ham qo‘llab-quvvatlay boshladi va Reshfordning eng zo‘r hujumchiga aylanishiga ko‘maklashishga qaror qildi.

Ronaldu o‘zi boshlang‘ich tarkibda o‘ynamayotganiga qaramay, Reshfordga yordam berayotgan ko‘pchilikni hayratga solmoqda. Chunki avvallari bu ikki hujumchining o‘zaro munosabati havas qilarli darajada bo‘lmagan.

Markus Reshford ham tajribali to‘purarning maslahatlariga quloq tutgan holda o‘yinini kuchaytirishga harakat qilyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!