
Ronaldu pul topishda ham Messidan o‘zib ketdi
Zamonaviy futbolning eng zo‘r ikki o‘yinchisi – Krishitianu Ronaldu va Lionel Messi yozda jamoasini o‘zgartirgan edi.
Portugaliyalik hujumchi “Manchester Yunayted” safiida har bir uchrashuvda gol urmoqda.
Messi PSJga kelganidan buyon hali biror natija ko‘rsata olgani yo‘q.
Forbes nashri eng ko‘p pul topayotgan futbolchilar reytingida Ronaldu Messidan o‘zib ketganini yozmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, Krishtianuning daromadi soliqlar bilan qo‘shib hisoblaganda 2021-2022 yilgi mavsum uchun 106,6 million evroni tashkil qiladi. Shundan 59,7 million evroni futbolchining “Old Trafford”ga qaytgani uchun bonus va maosh sifatida “Manchester Yunayted” to‘laydi.
Pul topish borasida Krishtianu birinchi o‘rinda turibdi.
Lionel Messining joriy mavsumdagi kirimi 93,8 million evro bo‘ladi. Keyingi o‘rinlarni argentinalik yulduzning PSJdagi sheriklari – Neymar (81 million evro) va Kilian Mbappe (36,7 million evro) egallab turibdi.
Fikrlar