
Ronaldu o‘ziga qachon jamoa topadi?
Krishtianu Ronaldu "Manchester Yunayted" bilan shartnomasini bekor qilganidan so‘ng u haqida turli xil mish-mishlar tarqalmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, "Nyukasl" portugaliyalikni qo‘lga kiritmoqchi va unga yaxshigina taklif beradi.
Ammo Ronaldu va "Nyukasl" o‘rtasida hech qanday muzokaralar ketmayapti. Futbolchi bor e’tiborini jahon chempionatiga qaratgan. Hammasi mundialdan so‘ng aniq bo‘ladi. Bu haqida Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Ronalduning "Chelsi" va "Napoli" kabi klublarga o‘tishi mumkinligi haqida ham xabarlar tarqalmoqda. 37 yoshli hujumchi ushbu mavsum barcha chempionatlarda 21 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 4 asisst amalga oshirdi.
Fikrlar