
Ronaldu o‘g‘lining zo‘r futbolchi bo‘lishiga ishonmaydi
“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu klub akademiyasida shug‘ullanayotgan to‘ng‘ich o‘g‘li bilan munosabatlari haqida gapirdi.
- O‘g‘lim buyuk futbolchi bo‘la oladimi yoki yo‘q, buni vaqt ko‘rsatadi. O‘g‘lim ba’zan kola ichib, turli chipslarni iste’mol qilayotganini bilaman va bundan jahlim chiqishidan u ham xabardor. Men unga mashg‘ulotlardan keyin tiklanib olish uchun muz solingan suvga sho‘ng‘ish kerakligini aytaman. U sovuqdan qo‘rqadi.
O‘g‘limga doim nimagadir erishmoqchi bo‘lsa, mehnat qilish kerakligini tushuntirishga harakat qilaman. Men uning zo‘r futbolchi bo‘lishini istasam ham, unga bu borada bosim qila olmayman. Qaysi sohani tanlashidan qat’i nazar, eng zo‘ri bo‘lishi kerak, - dedi Ronaldu.
Fikrlar