
Ronaldu murabbiyni hayratga soldi
Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines Krishtianu Ronaldu uni qanday hayron qoldirganini aytib berdi.
- Eng avvalo, Krishtianu o‘zini baxtiyor his qilyapti. Meni uning futbolga bo‘lgan munosabati hayratga solyapti. Ronaldu 38 yoshida ham mashg‘ulotlar jarayonidagi har bir mashqda ustunlik qilish uchun kurashadi. Shunga qaramay, u mashg‘ulotlardan eng oxiri ketadi, - dedi Roberto Martines.
Krishtianu Ronaldu 2023 yilni dunyoning eng zo‘r to‘purari sifatida yakunladi. Tajribali hujumchi yil davomida jami 54 ta gol urib, boshqa to‘purarlar – Kilian Mbappe, Harri Keyn va Erling Xolanddan o‘zib ketdi.
Bundan tashqari, Ronaldu jahon futbolida o‘z mamlakati terma jamoasi uchun eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan va eng ko‘p gol urgan futbolchi hisoblanadi. Uning hisobida xalqaro miqyosda 205 ta o‘yin va 128 ta gol bor.
Fikrlar
У́збекистонликлар Сени мард ва одамгарчилигингни юкори бахолаймиз