
Ronaldu Messidan zo‘r! Jurnalist nega bunday dedi?
Krishtianu Ronaldu bilan do‘stona munosabatda bo‘lgan jurnalist Pirs Morgan nima uchun portugaliyalik futbolchi Lionel Messidan yaxshiroq ekanini tushuntirishga harakat qildi.
“Birgina jahon chempionati dunyodagi eng buyuk futbolchi kimligini aniqlab bermaydi. Ronaldu va Messini solishtirganda, Krishtianu ikki yoshga katta ekanligini unutmaslik kerak. Shuni ham unutmaslik kerakki, Lionel 17 yilni "Barselona"da qulay sharoitda o‘tkazdi. Ronaldu turli mamlakatlarda chempion bo‘ldi. U o‘zi o‘rgangan qulay muhitdan chiqib, boshqa ligalarda o‘z oldiga yangi maqsadlar qo‘ydi.
"Barselona"da doim Messining atrofida dunyoning eng zo‘r futbolchilari bo‘lishgan. Ronaldu esa ko‘pincha jamoalarni bir o‘zi yolg‘iz sudrab yurishiga to‘g‘ri kelardi.
Messi faoliyatining ko‘p qismini "Barselona"da o‘tkazdi va keyin juda oson ligaga o‘tdi. Haqiqatan ham uni Evropaning kuchli uchta ligasida chempion bo‘lgan futbolchidan yaxshiroq deb o‘ylaysizmi? Ishonchim komil emas”, - dedi Morgan talkSPORT nashriga bergan intervyusida.
Fikrlar