Ronaldu katta rekord o‘rnatdi

  • 18 may, 2024, 09:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“An-Nasr” yulduzi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni futboli tariziga o‘z nomini muhrlab qo‘ydi.

Tecno

39 yoshli forvard Professional liganing 32-turida “Al-Hilol” qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda assist qayd etdi. Uchrashuv 1:1 hisobidagi durang natija bilan tugadi.

Bu portugaliyalik yulduzning joriy chempionatdagi 44-samarali harakati sifatida qayd etildi. Ronaldu mavsumdagi gollari sonini 33 taga, assistlarini 11 taga etkazib oldi. Bu yangi rekord hisoblanadi.

Avvalgi ko‘rsatkich Abdurazzoq Hamdallaga tegishli bo‘lib, bu o‘yinchi 2018-2019 yilgi mavsumda gol+pas tizimida jami 43 ochko to‘plagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!