Ronaldu ganalik futbolchi o‘zining gol nishonlashiga taqlid qilgani uchun hakamdan sariq kartochka so‘radi (video)

  • 24 noyabr, 2022, 23:48
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Portugaliya terma jamoasi JCh-2022dagi ishtirokini Gana ustidan 3:2 hisobidagi g‘alaba bilan boshladi. Usmon Bukari Afrika yit’asi vakilining ikkinchi goliga mualliflik qildi. U 89-daqiqada Portugaliya darvozasiga to‘p kiritib, Krishtianu Ronaldu kabi o‘z golini nishonladi. 

Tecno

Ko‘rsatilgan kadrlarga qaraganda, Krishtianu Ronaldu o‘zining gol nishonlashini takrorlagani uchun Usmonga sariq kartochka ko‘rsatilishini so‘ragan. Buni portugaliyaliklarning o‘ziga xos imo-ishorasi tasdiqlaydi.

Eslatib o‘tamiz, Portugaliya jahon chempionatidagi navbatdagi o‘yinini 28 noyabr kuni Urugvayga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!