Ronaldu futboldan chetlatilinishi mumkin. “Yuventus”ning “konvert operatsiyasi" oshkor bo‘lib bormoqda!

  • 29 yanvar, 2023, 14:37
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus” hozir og‘ir kunlarni boshdan o‘tkazmoqda. Moliyaviy feyr-pley qoidalarini aylanib o‘tgani bois, klub 15 ochkosiz qolganidan xabaringiz bor. Endilikda, italiyalik jurnalistlar birin-ketin ommaga qimmatli informatsiyalarni sizdirmoqda. Agar bu faktlar isbotini topsa, “Yuventus” 2006 yildagidan ham og‘irroq ahvolga tushib qolishi aniq.

Tecno

Andre Anelli va uning menejerlari futbolchilarning maoshini yashirish, sarf-xarajatlarni kichraytirib yozish orqali soliqlarni aylanib o‘tishda gumonlanmoqda. Qo‘shimchasiga, “Yuve” pandemiya chog‘ida yashirin kombinatsiyani amalga oshirgan. Klub futbolchilar o‘z maoshlarining qisqarishiga rozi bo‘lganinini rasman e’lon qilib, bu summani soliqlarsiz konvertlarda egasiga topshirgan. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, bu pullar to‘liq to‘lab ham berilmagan. Klub Ronalduning o‘zidan 19,9 million evro maosh qarz bo‘lib qolgan.

g43kgo34kgo3k4g

Natijada, klubda ishlagan barcha menejerlar 2 va 1 yil davomida Italiya futbolida ishlash huquqidan mahrum etildi. Hatto, Pavel Nedved ham 1 yilu 4 oy muddatga ishsiz qoladi. Bu voqealar fonida jurnalist Paolo Ziliani tomondan oshkor qilingan ma’lumotlar vaziyatning yanada keskinlashishiga sabab bo‘ldi. Hujjatda klubning 22 futbolchi bilan “konvert operatsiyasi”ni amalga oshirgani haqidagi faktlar mavjud. Ro‘yxatda, Ronaldu, Dibala, Buffon va Bonuchchi singari nomlarni ko‘rish mumkin. Jurnalistning aytishicha, Jorjo Kellini Anellining bu operatsiyasiga futbolchilarni rozi bo‘lishga ko‘maklashgan.

ko43gok34go3

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, tergov-surishtiruv chog‘ida ko‘plab insonlar bu jinoyatda ishtirok etganini tan oldi. Matteys de Lixt esa, “WhatsApp” tarmog‘idagi Kellini bilan yozishmalarini tergovchilarga taqdim etgan. Unda “Yuve” sardori konvertda maosh olishni yomon tomoni yo‘q ekanligi va bu o‘rtada sir bo‘lib qolishi haqida aytilgan so‘zlari dalil tariqasida ishlatilinishi taxmin qilinmoqda. Zilianning aytishicha, agar bu ayblovlar o‘z isbotini topsa, moliyaviy feyr-pleyni aylanib o‘tmoqchi bo‘lgan futbolchilar kamida 1 oyga futboldan chetlatilinishi kerak. Bu “An-Nasr” uzoq kutgan futbolchisidan yana bir oyga ayrilib qolishi mumkinligidan dalolat beradi.

g43igj34igj

“Yuve”ga esa, soliq to‘lamay berilgan maoshlarning 3 barobari miqdorida jarima belgilanishi mumkin. Birgina Ronalduning maoshi 20 million ekanligini hisobga olsak, “zebralar”ni fantastik summadagi jarima kutib turganini his qilish mumkin. Bu hali hech narsa emas! Asosiy zarba 2006 yilda bo‘lgani kabi B Seriyaga ravona bo‘lish. Shuningdek, so‘nggi chempionlik ham jamoadan tortib olishini ehtimoli bor.

Ya . U

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!