
Ronaldu: "Felishning tanlovi to‘g‘ri bo‘ldi!"
Kecha "Riu Ave" ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvidan keyin Kirishtianu Ronaldu Joau Felishni "An-Nasr"ga transferi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
"Joauni hamma taniydi, u juda iste’dodli futbolchi. Menimcha, u Saudiya Arabistonining raqobatdosh chempionatida jamoamizga katta yordam beradi. Felish uchun bu chempionatda o‘ynash Portugaliya chempionatida o‘ynashdan ko‘ra yaxshiroq deb o‘ylayman. Bu erdagi yulduzlar soniga bir qarang. Joau Saudiyaga kelib faoliyatini davom etirishiri to‘g‘ri tanlov bo‘ldi",- dedi portugaliyalik hujumchi.
Ma’lumot uchun, iyul oyida riyodliklar 25 yoshli futbolchini "Chelsi" dan 30 million evro evaziga o‘z safiga qo‘shib olib, 2 yillik shartnoma imzolagan edi.
Fikrlar