
Ronaldu barchadan o‘tib ketdi!
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu A Seriya 13-turidan o‘rin olgan "Parma"ga qarshi uchrashuvda dubl qayd etdi.
Bu gollar portugaliyalik forvardning joriy yil A Seriyadagi 33-goli sifatida yozildi. Bu borada u "Bavariya" hujumchisi Robert Levandovskini ortda qoldirdi. Polshalik hisobida 32 ta gol mavjud. Qizig‘i, Ronaldu ushbu natijani yana yaxshilab olishi mumkin. Uni keyingi turda "Fiorentina"ga qarshi bahs kutib turibdi.
Bu mavsum 35 yoshli futbolchi "keksa senora" safida ichki chempionatda 9 bellashuv o‘tkazib, 12 golga mualliflik qilgan.
Fikrlar