
Ronaldu "Al-Ittifoq" bilan o‘yindan so‘ng fikrlari bilan o‘rtoqlashdi
Saudiya Arabistoni chempionati 17-turi doirasida "An-Nasr" – "Al-Ittifoq" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv 3:1 hisobida mezbonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi.
O‘yindagi gollardan birini Krishtianu Ronaldu kiritdi. 38 yoshli portugaliyalik o‘zining ijtimoiy tarmoqlari orqali g‘alaba haqida fikr bildirdi.
"Ketma-ket uchinchi marta g‘alaba. Biz bundan ham ko‘proq narsani xohlaymiz. "An-Nasr, to‘xtama!", - deydi portugaliyalik futbolchi.
Ayni damda riyodliklar Saudiya Arabistoni chempionati turnir jadvalida "Al-Hilol"dan keyin ikkinchi pog‘onada bormoqda.
Fikrlar