Ronaldu "Al-Hilol" muxlislariga: "Bu erda Messi emas, men borman!"

  • 9 fevral, 2024, 11:44
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha Riyod kubogi doirasida bo‘lib o‘tgan "Al-Hilol" - "An-Nasr" o‘yinida Jesus shogirdlari 2:0 hisobida zafar quchdi. Dastlab, Savich hisobni ochgan bo‘lsa, Al-Dovsari oradagi farqni ikkitaga oshirib qo‘ydi.

Tecno

Bellashuv mobaynida "Al-Hilol" muxlislari Ronalduning asabiga tegishni eplay oldi. Ular stadionda Krishtianuga qarata "Messi, Messi", deya baqirishdi. Yaqinda 39 yoshga to‘lgan hujumchi esa bunga o‘z munosabatini bildirdi. 

"Bu erda Messi emas, men borman!", - dedi portugaliyalik yulduz qo‘li bilan eshitmayotganini ko‘rsatib. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!