Romano: Ramos Evropaga qaytmoqchi
PSJ va "Real Madrid"ning sobiq himoyachisi Serxio Ramos Meksikaning "Monterrey" klubini tark etdi.
Insayder Fabritsio Romanoning xabariga ko‘ra, 39 yoshli futbolchi Evropaga qaytishga qat’iy qaror qilgan. Ispaniyalik himoyachi kelasi yozda Shimoliy Amerikada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatiga bormoqchi. U Evropaga qaytib, Ispaniya terma jamoasi tarkibiga kirishga harakat qilmoqchi. Avvalroq Serxioning "Inter"ga o‘tishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Ramosning Evropadagi so‘nggi klubi "Sevilya" bo‘ldi. Ramos Ispaniya terma jamoasi safida 180 ta o‘yinda maydonga tushib, 23 ta gol urgan.



Fikrlar