
“Roma”ga o‘tishimga uch kishi ko‘ndirdi
PSJdan ijara asosida “Roma”ga ko‘chib o‘tgan niderlandiyalik yarim himoyachi Jorjino Veynaldum transferdan oldin uch nafar futbolchi bilan maslahatlashganini tan oldi.
- Rim klubi meni olish uchun ancha harakat qilgani uchun bu jamoaga o‘tishga qaror qildim. Bundan tashqari Muhammad Saloh hamda Kevin Strotman bilan klub va shahar haqida gaplashdim. Ulardan faqat yaxshi gaplar eshittim.
Shuningdek, Ashraf Hakimidan maslahat oldim. Garchi u “Inter”da to‘p tepgan bo‘lsa-da, “Roma”ning ajoyib klub ekanini aytdi. Aynan uning gapi menga ko‘proq turtki bo‘ldi, - dedi Jordino Veynaldum.
31 yoshli futbolchi o‘tgan yili yozda erkin agent sifatida “Liverpul”dan PSJga ko‘chib o‘tgandi. Tajribali o‘yinchi parijliklar safida 38 marotaba maydonga tushib, uchtadan gol va assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar