“Roma”da jiddiy yo‘qotish

  • 30 aprel, 2022, 18:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Keyingi paytda “Roma”ning asosiy figurasiga aylanib qolgan Genrix Mxitaryanning jarohati jiddiy bo‘lib chiqdi.

Tecno

Armanistonlik pleymeyker Konferentsiyalar ligasi doirasida “Lester”ga qarshi o‘tkazilgan bellashuvning ikkinchi bo‘limida o‘ng oyog‘ini shikastlab olgandi.

Tibbiy tekshiruvlarda Genrixning mushaklarida jarohat borligi aniqlandi va kamida uch hafta salomatligini tiklashi kerak bo‘ladi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Mxitaryan A Seriya doirasida “Bolonya” va Konferentsiyalar ligasi yarim finali javob uchrashuvida “Lester”ga qarshi o‘yinlarni aniq o‘tkazib yuboradi.

Armanistonlik yarim himoyachining Rim klubi bilan shartnomasi mavsum oxirida yakunalanadi. Hozir tomonlar yangi bitim bo‘yicha muzokara olib bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!