"Roma" yozda "Real"ning 2 nafar futbolchisini tarkibga qo‘shib olmoqchi

  • 2 may, 2020, 21:04
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real"Madrid klubining 2 nafar futbolchisi yangi mavsumni "Roma"da boshlashi mumkin.

Tecno

AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, gap himoyachi Nacho Fernandes va hujumchsi Mariano Diaslar haqida ketmoqda. Ushbu ikki futbolchining transferi rimliklarga taxminan 25 mln evroga tushishi aytilmoqda.

Nachoning “qirollik klubi” bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilgacha, Diasniki esa 2023 yilgacha imzolangan.

Fernandes bu mavsum 9 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol urdi. Mariano esa bor yo‘g‘i 4 ta o‘yinda ishtirok etdi va 1 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!