
“Roma” o‘zi tarbiyalagan futbolchini sotib oladi
“Roma” sport direktori Tyagu Pinto “Sassuolo”da o‘ynayotgan Davide Frattezining agenti bilan uchrashib 22 yoshli yarim himoyachini Rimga ko‘chirib kelish bo‘yicha muzokara o‘tkazdi.
Ma’lumotlarga qaraganda, tomonlar o‘yinchining shaxsiy shartnomasi va transfer shartlarini muhokama qilgan.
Sky Sport Italia nashri Frattezi poytaxt klubi bilan 2027 yilning 30 iyuniga qadar davom etadigan shartnomani imzolashga rozi bo‘lganini ta’kidlamoqda.
“Sassuolo” bu o‘yinchini 30 million evroga baholagan. Bu summaning 30 foizi Frattezini tarbiyalagan “Roma”ga tegishli hisoblanadi. Agar rimliklar yarim himoyachini o‘zlari sotib olsa, belgilangan summa o‘ttiz foizga kamayadi.
“Roma” bu transferga 19 yoshli hujumchi Feliks Afena-Gyanni qo‘shib, yana bir necha million evroni tejab qolmoqchi.
Fikrlar