
"Roma" sobiq sardori: Dibalasiz "Roma" vaziyatlar yaratishi qiyin
Juzeppe Jannini Paulo Dibalani Evropaning eng yaxshi hujumchilaridan biri deb biladi.
- Paulo Dibala jamoa o‘yinini qanchalik o‘zgartirdi?
- U jamoaga hujumkorlikni olib keldi. Gol urish imkoniyatini yaratish qiyin bo‘lgan zich zonalarda ijodkor futbolchi o‘zini erkin his qilishi jamoa uchun katta ustunlik beradi.
Daraja va ijodkorlik tomondan u Franchesko Tottidan keyin birinchi bo‘lmasa ham birinchilardan hisoblanadi. U maydonda bo‘lmaganda "Roma" yaxshi natija ko‘rsatishi va xavfli vaziyatlar yaratishi qiyin".
Fikrlar