"Roma" "Portu" etakchilaridan birini ko‘zlamoqda

  • 23 may, 2019, 10:58
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Portu" vingeri Mussa Marega "Roma"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.

Tecno

Mirror nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “bo‘rilar” 28 yoshli malilik futbolchini uning shartnomasida ko‘rsatilgan 40 mln evrolik tovon puli evaziga ham sotib olishga tayyor. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2021 yilga qadar imzolangan.

Ma’lumot uchun, Marega “Portu” safida 2015 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum 46ta o‘yinda maydonga tushdi va 21ta gol hamda 10ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!