
"Roma" Malkomni o‘z safiga qo‘shib olishga yana urunib ko‘rmoqchi
Kataloniyaning "Barselona" klubi vingeri Malkom hamon "Roma"ning qiziqishlariga sabab bo‘lmoqda.
Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra rimliklar braziliyalik futbolchi garchi bundan bir yil muqaddam transfer amalga oshishiga yaqin qolganida “ko‘k-anor ranglilar”ni tanlaganiga qaramay uni o‘z saflariga qo‘shib olish fikridan qaytishmayapti.
“Roma” bu safar 22 yoshli futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olmoqchi.
Ma’lumot uchun, “Barselona” Malkomni bundan roppa-rosa bir yil muqaddam “Bordo”dan 41 mln evro evaziga sotib olgan edi. U o‘tgan mavsum 24ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar