
"Roma" ikki nafar hujumchi bilan xayrlashishga tayyor
"Roma" hujumchi Temmi Abrahamni sotib yubormoqchi, deya xabar beradi Calciomercato. Rimliklar futbolchini 30 million evroga baholamoqda.
Ko‘rinishidan, "bo‘rilar" jarohati tufayli mavsumning asosiy qismini o‘tkazib yuborgan angliyalik bilan hisoblashmayapti. Joriy mavsumda 26 yoshli hujumchi barcha turnirlarda bor yo‘g‘i 6ta o‘yin o‘tkazib, 1ta gol urgan.
“Chelsi”dan ijaraga olingan yana bir forvard Romelu Lukaku ham “Roma”ni tark etishi mumkin. Tomonlar futbolchini sotib olish borasida kelisha olmadi.
Fikrlar