
"Roma" Iguainga sardorlik bog‘ichini va’da qilmoqda
"Roma" klubi hamon "Yuventus" hujumchisi Gonsalo Iguainni o‘z safiga qo‘shib olishdan umidini uzmayapti.
Corierre dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra rimlkiklar 31 yoshli argentinalik futbolchi jamoaga o‘tishga rozilik bildirgan taqdirda, unga sardorlik bog‘ichini berishga tayyor. Biroq, Iguain endi A Seriyaning boshqa jamoasida o‘ynashni xohlamayapti.
Ma’lumot uchun, Iguain shu kungacha “Yuventus”dan tashqari “Napoli” va “Milan” kabi Italiya grandlari sharafini ham himoya qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Gonsalo o‘tgan mavsumningi ikkinchi qismini ijara asosida “Chelsi”da o‘tkazdi va APLda 14ta o‘yinda ishtirok etib, raqiblari darvozasiga 5ta gol urishga erishdi.
Fikrlar